Zakovat savoli #19598
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” asarining keksa qahramoni Botir firqa ulardan birini kolxoz-sovxoz tuzishdan, yana birini cho‘l-biyobonlarni o‘zlashtirishdan, boshqasini esa million-million tonnalab paxta terishdan qolgan yodgorlik deb ataydi. Asarda ular tarix kitobiga o‘xshatilgan va sermashaqqat taqdirdan darak berishi ta’kidlangan.
Savol: Ularni unli harfdan boshlanuvchi so‘z bilan yozib bering.
Savol: Ularni unli harfdan boshlanuvchi so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish
Ajinlar.