Zakovat savoli #19503
Diqqat qiling ular so‘zidan o‘ndan ortiq harf tushib qolgan.
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” asarining personajida shunday fikr bor: “...Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Ular kitob sahifalarida yashaydi, kitobiy yashaydi. Shu sabab, kitoblardan og‘zini to‘ldirib sitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar o‘qiydi. Ammo... ko‘chat ekib, daraxt o‘stirolmaydi. Loy qorib, imorat qurolmaydi...Sababi, ularda hayotiy aql bo‘lmaydi! Kitob boshqa, hayot boshqaligini tasavvur ham etolmaydi. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi, qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. O‘ylari hayotdan juda-juda olis bo‘ladi. Lekin ular o‘zlarini nihoyatda aqlli deb biladi, nihoyatda zamonaviy deb biladi...Aslida esa, ular jisman ham, ruhan ham zaif zotlar bo‘ladi...”
Savol: Ularni qo‘sh undoshli so‘z bilan yozib bering.

Javobni ko'rish
Intellektuallar.