Zakovat savoli #19475
Siyosatda o'ta o'ng va o'ta so'l qarash egalari chiziqli spektrning ikki uchi kabi bir-biriga mutloq qarama-qarshi tomonda bo'lmaydi. Aslida, ularning qarashlari markazlashgan siyosatchilardan ko‘ra bir-biriga yaqinroq bo‘ladi, lekin hech qachon birlashib ketmaydi. Yuqoridagilarning siyosiy chiziqda joylashishi haqida gapirgan faylasuf Jan Pyer Fey buni “IKS nazariyasi” deb atagan.
Diqqat savol: IKS o’rnidagi unlilari bir xil bo’lgan so'zni yozib bering.
Diqqat savol: IKS o’rnidagi unlilari bir xil bo’lgan so'zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Taqa.