Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #19074

Zakovat savoli #19074

Singapurlik olimlar yaratgan yangi boʻyoq nafaqat quyosh nurlarini qaytarish xususiyatiga ega, balki gʻovakli asosi tufayli BU ISHni ham qila oladi. BU ISH qilishi hisobiga ushbu boʻyoq bilan boʻyalgan uylarda konditsionerlar 40% kamroq quvvat sarflaydi. Insonlarda kaft, oyoq tagi va peshonada boshqa joylarga qaraganda BU ISH qiluvchi bezlar koʻproq boʻladi.
Savol: BU ISHni toping.
Javobni ko'rish

Terlash.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar