Zakovat savoli #1892
“Bahorhi mavsum”ning eng so’nggi turida, ya’ni o’tgan turda esingizda bo’lsa Mayyalar xonakilashtirgan jonzotlar haqidagi savol bor edi. Ushbu savolni klubga berganimdan keyin shu yerda yordam berib yurgan yetti yashar o’g’lim o’sha zahotiyoq javob Asalari ekanligini aytdi. Men uyga borganimdan keyin undan ushbu ma’lumotni qayerdan olganini so’radim. U esa axir bu juda osonku deb manbani aytdi.
Diqqat savol: Javobni oson topishda o’g’lim qaysi manbadan foydalangan?
Diqqat savol: Javobni oson topishda o’g’lim qaysi manbadan foydalangan?
Javobni ko'rish
“Asalari Mayaning sarguzashtlari” multfilmidan. Yetti yashar o’g’lim “Mayya” so’zini eshitib shu javobni bergan. Qiziq tomoni o’sha kuni bu savolga 43 ta jamoadan 4 tasigina to’g’ri javob bergan.