Zakovat savoli #18697
Falastin, Iordaniya, Livan xalqlari orasida mashhur bo‘lgan Maqluba go‘sht, guruch va qovurilgan sabzavotlardan tayyorlanadigan, qozonda yaxlit holatda pishadigan taom hisoblanadi. Arab tilidan tarjima qilganda “maqluba” so‘zi teskari degan ma’noni bildiradi.
Savol: Bunday nom berilishga taom bilan bog‘liq qanday jarayon sabab bo‘lgan?
Savol: Bunday nom berilishga taom bilan bog‘liq qanday jarayon sabab bo‘lgan?
Javobni ko'rish
Pishgan taomni suzish uchun qozonning teskari ag‘darilishi.