Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #18437

Zakovat savoli #18437

Enantiosemiya deganda bir so‘zning qarama-qarshi ma’no berishi tushuniladi. Misol uchun, “sanksiya” so‘zi ham ruxsatni, ham ta’qiqni bildirishi mumkin. Yana misol, hindcha “kal” (कल) so‘zi kecha va ertaga so‘zlarini bildiradi. Akkad tiliga bir klassik asarni tarjima qilish qiyin bo‘lar edi, chunki akkad tilidagi “arnum” so‘zi birinchini ham, ikkinchini ham bildiradi.
Savol: Birinchi va ikkinchi o‘rnidagi bir harfdan boshlanuvchi ikki so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Jinoyat, jazo.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar