Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #18375

Zakovat savoli #18375

2018-yilda bir tarixiy shaharda olib borilgan qazishma ishlari davomida ko‘mir bilan yozilgan 17-oktyabr sanasini ifodalovchi yozuv topilgan. Bu esa BO‘SHLIQ avgustda emas, oktyabrda bo‘lganligi haqidagi fikrlar paydo bo‘lishiga olib keldi. Boshqa bir BO‘SHLIQ 1833-yilda tugallangan.
Savol: BO‘SHLIQ o‘rnidagi uch so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Pompeyning so‘nggi kuni.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar