Zakovat savoli #18107
Marokashning Rabot shahridagi Hasan minorasi 12-asr oxirida qurilishi boshlangan bo‘lib, mablag‘ yetishmovchiligi tufayli oxiriga yetkazilmagan. Oradan bir necha asr o‘tgandan keyin minoraning ma’lum qismi qulab tushadi. Aynan o‘sha kuni Marokashning boshqa, ya’ni Tanjer va Agadir shaharlari qirg‘oqlarida 3 metr balandlikdagi oqim hosil bo‘lib, sohildan 2 kilometr ichkarigacha kirib boradi va aholi turar joylariga zarar yetkazadi.
Savol: Bu voqealar qaysi yilda bo‘lib o‘tgan?
Savol: Bu voqealar qaysi yilda bo‘lib o‘tgan?
Javobni ko'rish
1755-yil.