Zakovat savoli #18058
Abdulla Qodiriyni oqlash ishlari boshlangan vaqtda, adibning otilishiga sababchi sifatida tergovga chaqirilgan rus yozuvchisi Mixail Ivanovich “Qanaqasiga men sababchiman? Axir Qodiriyning BO‘SHLIG‘Imanku” deya aybini rad qilgan. U bu gapini “men ustoziman” degan majoziy ma’noda aytgan edi. Ikkinchi o‘rindagi boshqa bir BO‘SHLIQ haqidagi kam sonli salbiy fikrlardan birida izoh muallifi bu yerda ko‘proq olomon psixologiyasi rol o‘ynaganini yozgan. Savol: BO‘SHLIQ o‘rnidagi ikki so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Cho‘qintirgan ota