Zakovat savoli #18052
Bu asli forscha qo‘shma so‘z bo‘lib, yeb ichiladigan ovqat to‘la dasturxon va uy jihozlari ma’nosini beruvchi so‘zlarni "-u" bog‘lovchisi orqali bog‘lashdan hosil bo‘lgan. Oila, oila a’zolari, xonadon va undagi mol-mulk ma’nolarida ham qo‘llanilishi mumkin. Bir manbada oshiq o‘z muhabbati sirini aytayotganda ham bu so‘zni tilga oladi. Savol: o‘sha so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Xonumon