Zakovat savoli #17618
2017-yil Jizzax shahrida BIRINCHI va IKKINCHI muzeyi tashkil etildi. Muzeyda BIRINCHI va IKKINCHIGA haykal ham barpo etilgan. BIRINCHI haykali oq rangda, IKKINCHI haykali esa qora rangda tasvirlangan. Bu BIRINCHINING erta vafoti, IKKINCHINING esa umrining so‘nggi yillarida g‘amgin, parishonxotir bo‘lib qolganini ifodalaydi.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni yozib bering.
Savol: BIRINCHI va IKKINCHIni yozib bering.
Javobni ko'rish
Hamid Olimjon va Zulfiya.