Zakovat savoli #1761
Android va IOS operatsion tizimining ommalashuvi natijasida uzoq yillar bozorda gegemonlik qilgan NOKIA kompaniyasida muammolar kuzatila boshlandi. Bozordagi o'rnini saqlab qolish maqsadida Direktorlar kengashi kompaniya boshqaruviga Microsoft kompaniyasidan Stiven Elopni taklif qildi. Tayinlovdan keyingi 2-3 yildagi voqealar rivojini kuzatar ekan, savol muallifi Stiven Elopni X ga o'xshatadi. X ni toponim qatnashgan ikki so'zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Troya oti