Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #17508

Zakovat savoli #17508

Maxsus ruxsatnoma asosida o‘z korxonasida ko‘p yillar davomida BU ISHNI QILUVCHI Maxbura Qodirova, asosan krep-shoi, gabardin va atlas matolarini ishlatishi va shamolga bardoshlilikni inobatga olishini aytib o‘tadi. 1803-yilda o‘z yurtida ilk bor analogik ISHNI QILGAN ayol Katrin Flon, Gaiti qaxramoni hisoblanadi va hatto 10 gurdlik banknotada BU ISHNI QILAYOTGAN holda tasvirlangan.
Savol: BU ISHNI QILISH so‘zlari bilan almashtirilgan so‘zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish

Davlat bayrog‘ini tikish.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar