Zakovat savoli #1732
Kunlardan bir kuni antiutopiya o'qishni yaxshi ko'radigan bolakay xat yozib, konvert ustiga "Dunyodagi eng yaxshi antiutopiya yozuvchisiga" deya pochta qutisiga tashlaydi. Xatlarni saralar ekan, pochtachi xatni o'z nazarida eng yaxshi antiutopist deb hisoblagan Oldos Haksliga yuboradi. Haksli esa, o'zidan yaxshiroq deb biladigan Jorj Oruellga, Jorj esa Zamyatinga, Zamyatin esa Ayn Reydga xatni qayta jo'natishadi. Sababi ular o'zlaridan ko'ra boshqalarni zo'r deb bilishlarida edi. Ayn Reyd esa va nihoyat bolakayning xatini ochadi. Xat quyidagi so'zlar bilan boshlanar edi, "Hurmatli, ...."
Diqqat savol: Jumlani bir xil harf bilan boshlanuvchi ism familiya bilan tugating.
Diqqat savol: Jumlani bir xil harf bilan boshlanuvchi ism familiya bilan tugating.
Javobni ko'rish
Nikolay Nosov