Zakovat savoli #17062
“Melting pot”, yani “erituvchi qozon” metaforasi AQSh uchun mamlakatda yashovchi xalqlarning o‘zaro madaniy, biologik jihatdan aralashib ketishi, «qorishishi»ni va yagona Amerika xalqiga birlashishini nazarda tutadi. Bu jarayon necha yillardan beri davom etsa-da, 2 ta yilni “melting pot”ning qayta aktuallashuvi yillari sifatida aytishadi. Ikkinchisi, 2002-yilda Solt-Leyk-Sitidagi Qishki Olimpiadada barcha din va irq vakillari AQSh tarkibida teng va birdamlik bilan ishtirok etgani.
Savol: “Melting pot” ni aktuallashtirgan, ya’ni AQShning rang-barang xalqini jipslashtirgan birinchi yilni yozib bering.
Savol: “Melting pot” ni aktuallashtirgan, ya’ni AQShning rang-barang xalqini jipslashtirgan birinchi yilni yozib bering.
Javobni ko'rish
2001-yil