Zakovat savoli #1705
Bilamizki Mozori-Sharif shahrida Hazrat Alining qabrlari bor (ayrim manbalarga ko‘ra Iroqda). Bu joyni “Moviy masjid” deb atashadi. Masjid haqiqatda moviy rangli bo‘lib, jabhalari quyoshda porlaydigan minglab plitalar bilan bezatilgan. Plitalar doimiy ravishda o‘zgartiriladi, deyarli har kuni. Bunga birinchi sabab kimyoviy jarayonlar, elementlarning o‘zaro ta’siri va yemirilishlar hisoblanadi.
Savol: ikkinchi asosiy sababni yozib bering.
Savol: ikkinchi asosiy sababni yozib bering.
Javobni ko'rish
ziyoratchi turistlar plita burchaklaridan sindirib, diniy yodgorlik sifatida olib ketishi sababli.