Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #16867

Zakovat savoli #16867

Savolda bir so’zdan harflar tushirib qoldirilgan.
Paleodieta bu paleolit davri odamlari ratsioniga kiruvchi mahsulotlar ya'ni meva-sabzavotlar, go‘sht, baliq, tuxum kabi ovchilik va terimchilik maxsulotlari orqali dieta qilish. Dieta tarafdorlari fikricha bundan keyingi davrlarda paydo bo‘lgan mahsulotlar inson organizmiga genetik mos kelmaydi. Bu fikrlar xato ekanligini aytarkan, shifokor-dietolog hozirda akani katta yoshlilar ham bemalol o‘zlashtira olishini ta'kidlaydi.
Savol: harflari tushirib qoldirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish

laktoza

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar