Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #16859

Zakovat savoli #16859

Qadimda jallodlar oʻlimga hukm qilingan insonlarni, hatto oʻz yaqinlarini ham, turli qiynov usullari bilan azoblab oʻldirgan. Masalan, aybiga iqror boʻlmaganlarning terisini shilib olib, boshqalarga ibrat boʻlishi uchun shahar darvozasining tepasiga ilib qoʻyishgan. Oʻzbek maqollarining izohli lugʻatida yozilishicha, bir oʻzbek maqolida aynan shunga shama qilingan.
Savol: Qofiyadosh soʻzlar qatnashgan oʻsha maqolni yozib bering.
Javobni ko'rish

Ishonmagil doʻstingga — somon tiqar poʻstingga.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar