Zakovat savoli #16853
2025-yilning 19-yanvarida AQShda “TikTok”ning bloklanishidan norozi boʻlgan amerikaliklar “Xiaohongshu” [Syao-xung-shu] deb nomlanuvchi ijtimoiy tarmoqda ommaviy ravishda roʻyxatdan oʻtishni boshlagan. Instagramga oʻxshovchi “Xiaohongshu” da amerikaliklar oddiy xitoyliklar bilan yaqinroq tanishib, gaplashmoqda. Boshqacha aytganda, “TikTok”ning bloklanishi amerikaliklarni kommunistik targʻibot iniga itarib yubordi.
Savol: “Xiaohongshu” soʻzining tarjimasini oʻzbekcha 3 soʻzda yozib bering.
Savol: “Xiaohongshu” soʻzining tarjimasini oʻzbekcha 3 soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish
Kichik qizil kitob.