Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #16845

Zakovat savoli #16845

Lotincha “sub rosa”, yaʼni “atirgul tagida” iborasi sir saqlash, yashirish, pinhon tutish maʼnolariga ega. Qadimgi rimliklar ziyofatdagi gaplar sir saqlanishi lozimligining belgisi sifatida stol ustiga atirgul osib qoʻyishgan. Afsonalarga koʻra, USHBU MAʼBUD onasidan olgan atirgulini sukunatga bagʻishlagan. Shuning uchun atirgul sir saqlash ramzi hisoblanar ekan.
Savol: OʻSHA MAʼBUDni yozib bering.
Javobni ko'rish

Amur.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar