Zakovat savoli #16836
Yaponiyada 2019-yili bir ayol ishxonasidagi talab tufayli ishdan ketishga majbur boʻlgach, KuToo deb nomlanuvchi ijtimoiy harakatni boshlab beradi. Sindze Abe ham ayollar ogʻriqqa chidashga majbur qiluvchi talablarga rioya qilishi shart emasligini taʼkidlagan. Yapon aviakompaniyalarida 3 santimetrdan 6 santimetrgacha boʻlgan talab bekor qilingani KuToo harakatining yutugʻi deyish mumkin.
Savol: KuToo harakati nimaga qarshi kurashishini yozib bering.
Savol: KuToo harakati nimaga qarshi kurashishini yozib bering.
Javobni ko'rish
Baland poshna.