Zakovat savoli #16766
Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022-yilgi fubol bo‘yicha Jahon chempionatidan so‘ng ko‘p stadionlar buzilishi va keyinchalik bu hududlar savdo markazlari, mehmonxona, maktab va shifoxonalarga aylantirilishi haqidagi maqolani o‘qigandan so‘ng, savol muallifi bu loyihani 1851-yilda Londonning Gayd-parkida qurilgan bir binoga qiyoslaydi. Hozirda bu bino yo‘q bo‘lsa-da, lekin Londondagi bir tuman va temir yo‘l bekati Uning nomiga ataladi.
Savol: bu qaysi bino edi?
Savol: bu qaysi bino edi?
Javobni ko'rish
Shisha qasr (Xrustal qasr yoki Crystal Palace)