Zakovat savoli #16503
Savol matnida ikki so'z boshqa ikki so'zni almashtirib kelgan.1929-yil qishida Al-Kapone raqibi Bags Moranning Irlandiya to'dasi a'zolaridan yetti kishini o'ldirishini tashkillashtiradi. Bu qirg'in tarixga "Varfolamey tuni qirg'ini" nomi bilan kiradi. Qirg'inni tashkillashtirgan Al-Kaponening yordamchisi Jek Makgurn alibiga ega bo'lish uchun mehmonxonadan xona buyurtma qilib, ma'shuqasi bilan butun kunni o'sha yerda o'tkazadi. Diqqat savol: Almashgan ikki so'zni asl holida yozib bering.
Javobni ko'rish
Valentin kuni