Zakovat savoli #1645
2020-yil yozida Championat.asia saytida chiqqan maqolada Shalkening murabbiyi bo'lishi kutilayotgan Raul haqida, Bavariyaning o'smirlar jamoasi murabbbiyi Miroslav Kloze, Frenk Lempard, Mikel Arteta, Xavi, Patrik Viera va yana bir nechta ana shu avlodga tegishli bo'lgan futbolchilar haqida eslab o'tilgan. Maqola nomida esa bu yo'lni allaqachon bosib o'tishga ulgurgan shaxs familiyasi uchraydi. Diqqat savol: maqola nomini biri ikkinchisidan bitta harfga ko'pligi bilangina farq qiluvchi 2 ta so'zda yozib bering!
Javobni ko'rish
Zidan izidan