Zakovat savoli #16423
Abdulloh ibn Muborakni ustozi Kufadagi otasi Termizlik Noʻmon ibn Sobit (Abu Hanifa) hazratlarining oldiga ilm olish uchun yuboradi. Abdulloh Abu Hanifa hazratlarining uylariga yetib kelganida ustozning uylari uzoqdan ajralib turishini koʻrib, ustoz badavlat ekanda degan hayolga borgadi. Keyinchalik maʼlum boʻladiki, Abu Hanifa hazratlarining uyni katta qilib qurishidan aniq bir maqsadi boʻladi. Diqqat savol: Abu Hanifa hazratlarining uyini katta qilib qurishidan maqsadi nima edi?
Javobni ko'rish
Abu Hanifa hazratlarining uyni atay katta qilib qurishidan maqsadi odamlar yordam soʻrab murojaat qilishlari oson boʻlishi, uy qidirsa moʻljal aniq boʻlishini niyat qilgan edi