Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #16083

Zakovat savoli #16083

Adiblar Toxir Malik va Sharof Boshbekov kunlarning birida hofiz Sherali Jo‘rayevning konsertiga borishadi. O‘sha paytda adiblar o‘tirgan qatorga mast holdagi muxlis joylashib olib, butun konsert davomida “voy-dod” deb, qo‘llari bilan har xil harakatlar qilib o‘tiradi. Konsert tugagach Toxir Malik: “Sherali nega buncha jozibali kuylaydi desam, bu yoqda DELTAsi bor ekan-da” deb hazil qiladi.
Savol: DELTA o‘rnidagi xorijiy tildan o‘zlashgan so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish

Dirijyor.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar