Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #16038

Zakovat savoli #16038

Dubaydagi Bluewater [bluvoter] sun’iy oroli 2013-yilda qurilishi boshlangan bo‘lib, qirg‘oqdan 400 metr uzoqlikda barpo qilingan. Orolda 5 yulduzli kurort, 200 ga yaqin savdo do‘konlari, 10 ta ko‘p qavatli turar joy binolari joylashgan. Bundan tashqari, bu orolda siz Mariya Sharapova, Anjelina Joli, Jastin Timberleyk, Narendra Modi, Vladimir Putin kabi dunyo mashhurlarini ham ko‘rishingiz mumkin.
Savol: 2021-yil orolda qanday obyekt ish boshlaganini atoqli ot qatnashtirib yozib bering.
Javobni ko'rish

Madam Tyusso muzeyi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar