Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1568

Zakovat savoli #1568

Ko‘pchilik Birinchilar va ikkinchilarni adashtirib yuborsa ham, ular o‘rtasida jiddiy farqlar mavjud. Birinchilarda proporsionallik bo‘yicha muammolar kuzatiladi, ikkinchilarda esa bunday muammo bo‘lmaydi. Birinchilarda gipofizar yetishmovchilik keyinchalik vujudga kelsa, ikkinchilar bu yetishmovchilikni nasliy qabul qilib olgan bo‘ladi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda Birinchilar va ikkinchilarga pensiyaga ertaroq chiqish bo‘yicha imtiyoz nazarda tutilgan. Diqqat savol: birinchilar va ikkinchilarni to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering.
Javobni ko'rish

pakanalar va liliputlar.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar