Zakovat savoli #1565
Ma’lumki, g‘usl qilishda tananing barcha qismiga, tahoratda esa suv tegizilishi kerak bo‘lgan tana qismlaridan birortasiga ignaning uchiday joyga suv tegmay qolsa ham g‘usl va tahorat olinmagan hisoblanadi. Shunga ko‘ra, g‘usl va tahorat vaqtida Bu ishni qilish vojib amal hisoblanadi. Bu ishni namoz vaqtida davomli qilib turish esa namozdagi xushu, ya’ni diqqatni buzadi. Ming bir kecha ertaklari asosida ishlangan “Mag‘rib tunlari” filmida Alouddin Umarning xizmatlariga ehtiyoj sezganida Bu ishni qiladi. Biz bir daqiqadan so‘ng, sizga Bu ishni qilib ko‘rsatamiz.
Diqqat savol: Bu ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Diqqat savol: Bu ishni qilish o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javobni ko'rish
uzuk qimirlatish