Zakovat savoli #15606
Milliy ensiklopediyada yozilishicha, ushbu oʻlchov birligining qiymati 1200 qadamga teng. Agar bir qadam oʻrtacha 75 santimetr ekanligi hisobga olinsa, unda bu o‘lchov 900 metrga teng boʻladi. Bu o‘lchovning qiymatini oʻlchashda atrof-muhitdagi holat tinch boʻlishi, “chaqirganda” uzoq masofaga yetib borishi ham muhim ahamiyatga ega.
Savol: Bu o‘lchov birligini bir soʻzda yozib bering.
Savol: Bu o‘lchov birligini bir soʻzda yozib bering.
Javobni ko'rish
Chaqirim.