Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1524

Zakovat savoli #1524

Makiavelli "Hukmdor" asarida uni hayqirgan daryoga o‘xshatadi. “U toshadi, qirg‘oqlarni o‘yib, daraxtlarni qo‘poradi, uylarni yiqadi, yerlarni yuvib ketadi. Jilovlashni eplolmaydigan odamzot esa uning jo‘shqin bosqinidan har yoqqa tumtaraqay qochadi. Lekin” - deydi muallif, - “daryo toshmagan paytda ehtiyot choralari ko‘rishni, dambalar, to‘g‘onlar qurishni insonga hech kim taqiqlamaydi-ku?! Daryo toshganda uni kanallarga burib yuboradigan mumkin-ku! U ham shunday. U o‘zining kuchini jasorat, mardlik tik turmagan yerda ko‘rsatadi, toshqinini to‘siq bo‘lmagan yerlarga buradi.” Uni ko‘pincha hali ibtidosi bo‘lmagan zamon, odamzot yaratilmagan payt ma’nosini bildiruvchi so‘z bilan ham ko‘p qo‘llaymiz. Diqqat savol: uni bir so‘zda yozib bering?
Javobni ko'rish

taqdir

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar