Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15165

Zakovat savoli #15165

2009 yili Meksikalik rassom Elina Shove ayollarga nisbatan jinoyatchilik yuqori bo‘lgan Syudad-Xuares shahrida 33 ta qizil rangli tuflidan iborat ko‘rgazma tashkil qilgan. Bu ko‘rgazma sababli qizil rangli tuflilar UNGA qarshi ramzga aylangan. O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 2023 yili Jinoyat kodeksiga 126-1-prim moddasi qo‘shilgan bo‘lib, UNI sodir etganlarga jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari ko‘zda tutilgan.
Savol: Gap qanday muammo haqida ekanligini toping.
Javobni ko'rish

Oiladagi zo‘ravonlik.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar