Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15124

Zakovat savoli #15124

Orson Skott Kardning “Ender o‘yinlari” nomli fantastik romanida o‘zga sayyoraliklarga qarshi olib boriladigan urushda yerning kosmik flotini boshqarish uchun strategiyaga asoslangan o‘yinlarda muvaffaqiyatga erishgan yosh bolalar tanlab olinadi. O‘zga sayyoraliklar qo‘shini tor-mor keltirilgach, yerliklar flotiga boshchilik qilgan Ender Admiral unvoniga ega bo‘ladi.
Savol: Faylasuf va siyosiy nazariyotchi Xanna Arend tomonidan ilk bor qo‘llanilgan qaysi atama haqidagi vikipediya maqolasida “Ender o‘yinlari”ga havola berilgan?
Javobni ko'rish

Meritokratiya

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar