Zakovat savoli #15119
Savol matnidagi bir so‘zdan harflar tushirib qoldirilgan.
2001-yili bir AQShlik dengiz arxeologi va yozuvchisi 1885-yili Gaiti qirg‘oqlarida cho‘kib ketgan “Mariya Selesta” kemasining qoldiqlarini topganini e’lon qilgan. Biroq, Kanada geologik xizmati tomonidan o‘tkazilgan xronologik ekspertiza kema qoldiqlari “Mariya Selesta” kemasiga tegishli bo‘lishi mumkin emas degan xulosaga keladi.
Savol: Yuqoridagi savol matnida tushurib qoldirilgan harflarni tiklab, so‘zni asl holda yozib bering.

Javobni ko'rish
Dendroxronologiya