Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15092

Zakovat savoli #15092

Saguaro Shimoliy Amerikadagi Sonora cho‘lida o‘suvchi, 150-200 yildan oshiq ham yashashi mumkin kaktus turi. Saguarolarga hayotining birinchi yillari, sovuq va qurg‘oqchilikka bardosh bera oladigan darajada katta bo‘lgunga qadar, salqin yoz, yumshoq qish va yetarli yomg‘ir kerak. Tabiiyki, cho‘lda yosh saguarolarning ko‘pi nobud bo‘ladi. Bir biogeografning tadqiqotiga ko‘ra, hozirda yoshi 130 yildan oshgan saguarolarning aksariyati USHBU HODISAdan so‘ng o‘sib chiqqan. Chunki USHBU HODISAdan so‘ng bir necha yil mobaynida o‘rtacha harorat pasayib, yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan.
Savol: USHBU HODISAni yozib bering.
Javobni ko'rish

Krakatau vulqoni portlashi

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar