Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #15011

Zakovat savoli #15011

Sansin nomli yapon musiqa asbobinining korpusi tut daraxtining yog‘ochidan yasaladi. Sansinning bosh qismini qoplash uchun esa janubiy-sharqiy Osiyodan import qilinadigan piton terisidan foydalaniladi. Piton terisi topilmagan vaqtlarda echki terisi, maxsus qog‘oz yoki ipak matodan foydalanilgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida va undan keyin esa sansinning bosh qismini qoplash uchun materialni IKSdan ham olishgan.
Savol: IKSNI kelib chiqishi fransuzcha bo‘lgan so‘z bilan yozib bering.
Javobni ko'rish

Parashyut.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar