Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #14992

Zakovat savoli #14992

She’rda bir necha o‘rinda bir so‘z boshqa so‘zga almashgan.
Dog‘istonlik Rasul Hamzatovning sakkizligini tinglang!

Bosh chayqaydi olim asabiy,
Shoir xafa, yozuvchi tajang.
Ne boʻldiykin, yil sayin Orol
Sayoz tortib ketmoqda, attang.

Vahm nechun, ne ham boʻlardi
Koʻhna Orol sal tob tashlasa?
Men qoʻrqaman, insonlar qalbi
Sayozlashsa, quriy boshlasa...

Savol: Almashgan so‘zni asl holida yozib bering!
Javobni ko'rish

Kaspiy

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar