Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1499

Zakovat savoli #1499

Qadimda turkiy til oddiy xalq tili hisoblangan. Askarlikka oddiy xalqdan olingani uchun qo`shinda turkiy tildan foydalanilgan. Turkiy til tanlanishining yana bir sababi ham bor. Turkiy tilning tarkibiga xos bir jihat buyruqlar berilishini tezlashtirgan va vaqtdan yutilgan. Bu jihatni maksimal aniqlikda yozib bering!
Javobni ko'rish

Buyruqlarda ishlatiluvchi fe`l turkumiga oid so`zlar asosan bir bo`g`indan iborat va talaffuz tezroq amalga oshadi. Masalan, tur, yot, yur, ot, chop.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar