Zakovat savoli #14972
“Qaynayotgan suvdagi qurbaqa” nomli hazil nazariya mavjud bo‘lib, qurbaqani qaynab turgan suvga tashlasangiz, otilib chiqishga urinadi. Agarda qurbaqa sovuq suvga tashlanib, suv qaynatila boshlansa, qurbaqa bunga reaksiya bildirmaydi. Hayotda inson qarshisidagi muammo asta-sekinlik bilan kattarib borsa, inson bunga reaksiya bildirishi qiyin, aksincha qaysidir katta muammo darhol bo‘y ko‘rsatsa, inson bunga chora ko‘rishga urinadi. Muammoga qurbaqa kabi reaksiya bildirib, hayotini barbod qilayotgan insonlar haqida yozilgan maqolada bir maqol doim ham to‘g‘ri bo‘lavermasligi ta`kidlangan.
Savol: Ushbu maqolni 2 so‘zi bir xil harfdan boshlangan 4 so‘zda yozib bering.
Savol: Ushbu maqolni 2 so‘zi bir xil harfdan boshlangan 4 so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
Sabr tagi sariq oltin.