Zakovat savoli #14219
Bernard Fokke Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasiga tegishli kemani boshqargan. Odamlar oʻsha vaqtlarda: “Unga katta masofalarni bunday tezlikda bosib oʻtishiga shaytonning oʻzi yordam beradi” – deyishardi. Fokke Uning prototipi deb hisoblanadi. 2003-yildan beri namoyish etib kelinayotgan franshizada esa uning rolini Bill Nayi ijro etgan.
Savol: U o‘rnidagi 3 yoki 4 so‘zni yozib bering.
Savol: U o‘rnidagi 3 yoki 4 so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Uchar gollandning kapitani