Zakovat savoli #14166
2019 yilda Filippinda qalloblikning yangi turi paydo bo‘ldi. Bunda firibgarlar plyajlarda, olomon ko‘p joylarda BU ISHNI QILISHADI. Keyin esa shu yerda suratga tushgan sayyohlardan pul talab qilishadi. Bu firibgarlik natijasida hukumat BU ISHNI QILISHni taqiqlovchi qonun chiqargan. "Aladdin" filmining yangi versiyasida sehrli gilam sahroda BU ISHNI QILADI va bu bilan ijodkorlar “Disney” kompaniyasining mashhur ramziga ishora qilishgan edi.
Savol: BU ISHNI QILISH bilan almashgan bir xil harf bilan boshlanuvchi uchta so‘zni yozib bering.
Savol: BU ISHNI QILISH bilan almashgan bir xil harf bilan boshlanuvchi uchta so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Qumdan qasr qurish