Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #1407

Zakovat savoli #1407

Diqqat savol matnidagi bir so‘zda harflar soni keragidan ortiq!
Yevropa Chempionlar Ligasi 2012-2013 yilgi mavsum guruh bosqichidan o’rin olgan Real Madrid va Borrusiya Dortmund jamoalari o‘rtasidagi baxsda, yon chiziqdan to‘pni maydonga kiritayotgan Marseloning yoniga Joze Mourinyo kelib, unga ko’rsatma bera boshlaydi: “O’zilga borib ayt, markazdan oldinroqqa borsin”. Futbolchi Mourinyoga hayrat bilan qaraydi, lekin baribir O’zilga ko’rsatmani yetkazadi. Ko’rsatmani olgan O’zil Mourinyoga hayron bo’lib qaraganida esa, Joze ko’rsatmani ishora bilan tasdiqlaydi.
Savol: Mourinyoning bu ko’rsatmasi nega ikkala futbolchini ham hayron qoldirgan?
Javobni ko'rish

Chunki bu Dortmund futbolchisi edi.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar