Zakovat savoli #13958
1860-yili AQShda tashkil etilgan Pony Express [Poni Ekspress] kuryerlik kompaniyasining asosiy maqsadi g‘arbdagi Missuri shtatidan sharqdagi Sakramentoga pochtani 10 kunda yetkazib berish bo‘lgan. Kompaniya 1,5 yil faoliyat yuritib inqirozga uchrab yopiladi. Buning asosiy sabablari qatorida IKSning tobora rivojlanishi ko‘rsatiladi. Shu yillarda AQShda IKS dan foydalanishga cheklovlar kiritilishi ma’lum ma’noda Associated Press [Assoshieyted Press] kooperativiga asos solinishiga turtki bo‘lgan.
Savol: IKS bilan almashtirilgan yunonchadan kirib kelgan so‘zni yozib bering?
Savol: IKS bilan almashtirilgan yunonchadan kirib kelgan so‘zni yozib bering?
Javobni ko'rish
telegraf