Zakovat savoli #1389
Idal’go shtatida joylashgan parkda “Caminata Nocturna” nomli o’yingoh mavjud. U yerda siz chakalakzorlar va tog’ yo’llaridan o’tishingiz, tikanlar ostida emaklashingiz, yugurushingiz, shuningdek maxsus nazoratchilardan yashirinishingiz mumkin. Shu tufayli ko’pchilik tanqidchilar o’yingohni odamlarga BU ISHNI QILISHNI o’rgatishni targ’ib qilishda ayblaydi.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH so’zlari bilan almashtirilgan so’zlarni maksimal aniqlikda yozib bering.
Diqqat savol: BU ISHNI QILISH so’zlari bilan almashtirilgan so’zlarni maksimal aniqlikda yozib bering.
Javobni ko'rish
Meksika va AQSh chegarasini noqonuniy kesib o’tish