Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #13871

Zakovat savoli #13871

2018-yili suratga olingan “Tungi shahar ovchilari” nomli postapokaliptik filmda, arxeolog ayol juda katta qudratga ega bo’lgan artefakt topib oladi. Ushbu topilmadan xabar topgan Valentayn nomli personaj uni o’z maqsadlari uchun ishlatmoqchi bo’lganida, ayol bunga qarshi chiqadi. Shunda Valentayn ayolni o’ldirib, artefaktga ega bo’ladi. Oradan bir necha yillar o’tib, Valentayn o’z maqsadini amalga oshirganida, juda ko’plab insonlar o’lib ketishadi, uning o’zi ham oxir-oqibat halok bo’ladi.
Savol. Filmda arxeolog ayolning ismi nima edi?
Javobni ko'rish

Pandorra.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar