Zakovat savoli #13638
Stendap komik Abdurahim Mansurov chiqishlaridan birida hozirgi kunda bir toifa sportchilarga mashina sovg‘a qilishayotganini tushunmasligini, axir ular har doim BU ISHNI QILISHINI aytadi. Kun.uz sayti ma’lumotlariga ko‘ra muntazam ravishda BU ISHNI QILISH yurak qon-tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi. BU ISHNI QILISH so‘zlari bilan almashgan ikki so‘zni yozib bering.
Javobni ko'rish
Piyoda yurish