Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #13188

Zakovat savoli #13188

Ushbu film haqidagi vikipediya maqolasida “Hammasi yaxshi, go‘zal markiza” nomli fransuz qo‘shig‘iga havola bor. O‘z navbatida 1935-yilda yozilgan ushbu qo‘shiq syujeti 1931-yilgi qo‘shiqdan olingan. O‘z navbatida bu qo‘shiq 1893-yilgi qo‘shiqqa asoslangan. O‘z navbatida bu qo‘shiqlar syujeti 1115-yilda Pedro Alfonso tomonidan to‘plangan qiziqarli hikoyalar jamlanmasida ham bo‘lib, o‘z navbatida Pedro Alfonso bu syujetni arab, fors, hind adabiyotidan olgan ekan.
Savol: Gap qaysi film haqida?
Javobni ko'rish

“Shum bola”.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar