Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #12894

Zakovat savoli #12894

Ushbu kasb nomining asl maʼnosi: gilam toʻshovchi. Hukmdor va feodal asilzodalar huzuridagi kichik saroy xizmatchisi hisoblangan. Uning zimmasiga mehmon kutish uchun zarur boʻlgan barcha anjomlarni hozirlash vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, vaqt oʻtishi bilan uning maʼnosi ham kengayib borgan. Jumladan, soʻnggi oʻrta asrlarda Buxoro amirligida amir oshxonasining boshligʻi, bosh pazanda maʼnosida qoʻllanilgan. Ushbu kasbni juft undosh qatnashdirib ayting.
Javobni ko'rish

Farrosh

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar