Zakovat savoli #12820
2013-yili Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandrning koronatsiyasidan avval butun mamlakat bo‘ylab qirol barelyefi aks etgan yangi IKSlar eskilari bilan almashtirib chiqilgan, buni tanqidchilar “qirol propagandasi uchun xalq pulini suvga oqizish” deya baholagan. 2012-yili Ruminiya Provoslav cherkovi Buxarestdagi IKSlarni almashtirishni talab qiladi. Chunki IKSdagi Ruminiya gerbida xoch ushlagan burgut va Muqaddas Dmitriy tasviri bo‘lib, Cherkov ma’muriyati buni dindorlarning e’tiqodlarini yerga urish, deya qabul qilgan.
Diqqat, savol: IKSni bir nechta so‘zda yozib bering.
Diqqat, savol: IKSni bir nechta so‘zda yozib bering.
Javobni ko'rish
kanalizatsiya lyuklarining qopqog‘i